Ichki audit va inspeksiya tayyorlash
Bizning xizmatlar
🧾 Ichki audit va inspeksiya tayyorlash
Dorixonangizda GPP va sanitariya-inspeksiya talablari asosida tekshiruv bo'lishi kutilmoqda? Har qanday rasmiy inspeksiya katta jarima, litsenziya to‘xtatilishi yoki reputatsiyaga putur yetkazishi mumkin.
GPP Akademiyasi tajribali mutaxassislar yordamida sizning dorixonangizni to‘liq ichki auditdan o‘tkazadi va inspeksiya kuni uchun 100% tayyor holatga keltirishda yordam beradi.
🔍 Biz nimalarni tekshiramiz?
- Dorixona binosi va joylashuvi (SanPin asosida)
- Jihozlar, sovutgich, saqlash sharoitlari
- SOP va hujjat yuritish tizimi
- Farmatsevt xodimlar tayyorgarligi
- Dori vositalarini joylashtirish, saqlash, realizatsiya
- Shikoyat kitobi, sanitariya jurnallari, arxivlar
- GPP standartlariga moslik (checklist asosida)
🛠 Sizga taqdim etiladigan natijalar:
- Ichki audit hisobot (xatoliklar + tavsiyalar)
- Individual tuzatish rejasi
- SOP, shakl va jurnal blankalari
- Xodimlarga qisqa GPP trening
- Inspeksiya kuniga to‘liq tayyor holat
📈 Nima uchun biz?
- Real inspektor tajribasiga ega mutaxassislar
- GPP talablarini amalda qo‘llay oladigan kuratorlar
- Inspeksiya “ko‘zidan” tahlil qilish yondashuvi
- Litsenziya olish yoki yangilash uchun to‘liq tayyor paket